28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:58 da Xitoyda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 471 km janubiy-sharqda, 10 km chuqurlikda joylashgan. Magnituda M=5,2.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida 3 ball, 206 km.
  • Farg‘ona viloyatida 3 ball, 238 km.
  • Namangan viloyatida 2−3 ball, 268 km.
  • Toshkent viloyatida 2 ball, 454 km.