«zilzila» tegli maqolalar


O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
17 iyun 2023, 06:14

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 6 ta tumanida 2 dan 4 ballgacha yer silkinishi qayd etildi. Epitsentr Sariosiyo tumani bo‘ldi.

O‘zbekistonda Zilzila mobile dasturi yaratildi
2 iyun 2023, 11:15

O‘zbekistonda Zilzila mobile dasturi yaratildi

O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
1 iyun 2023, 09:10

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi

Payshanba tongida Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Namangan viloyatida sezildi va 2−3 ballni tashkil etdi.

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi
18 may 2023, 10:27

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

1-dekabrdan O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bunda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
8 may 2023, 09:19

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Dushanba tongida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi.

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sezildi
3 may 2023, 15:28

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sezildi

Chorshanba kuni tushdan keyin Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi. Uning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lib, u yerda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etgan.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
2 may 2023, 10:07

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi

Seshanba kuni ertalab Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzilaning ta’siri O‘zbekistonning Yangiqo‘rg‘on (2−3 ball) va Kosonsoy (2 ball) tumanlarida ham sezildi.

Toshkentdagi ofat va jasorat
26 aprel 2023, 09:59

Toshkentdagi ofat va jasorat

Zilziladan keyingi vayronkor dovul, dovul ketidan yana 12 ming kishini uysiz qoldirgan navbatdagi zilzila, chodirlar shaharchasida Qur’on o‘qiyotgan otaxon, kamaygan jinoyatchilik, eng ko‘p beriladigan savol — “bugun tunda uyda uxlasak bo‘ladimi?”. 1966-yil may oyidagi Toshkentdan tarixiy reportaj.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
15 aprel 2023, 15:00

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatining 2 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.

Zilzila haqida afsona va haqiqat: seysmologlar javob beradi
9 aprel 2023, 11:01

Zilzila haqida afsona va haqiqat: seysmologlar javob beradi

“Kechasi yo bahorda bo‘ladi”, “yer yorilib, shaharni yutadi”, “kuchsiz zilzila — kuchlisidan darak”. Oxirgi zilzilalar sabab bu tabiat hodisasi haqidagi eski afsonalar yangi kuch bilan muhokama qilina boshladi. “Gazeta.uz” seysmolog olimlardan bu afsonalarning qay biri haqiqatu, qaysinisi uydirmaligini so‘radi.

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
3 aprel 2023, 04:36

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Viloyat FVB zilzila oqibatida hududdagi o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, aholi punktlari talafot ko‘rgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Zilzila paytida nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
27 mart 2023, 21:15

Zilzila paytida nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Agar siz zilzila ehtimoli yuqori bo‘lgan hududda yashasangiz, zilzilaga qanday tayyorgarlik ko‘rish va u ro‘y berganda o‘zingizni qutqarish uchun nimalar qilish kerakligini «Gazeta.uz»ning batafsil qo‘llanmasida o‘qing.

Toshkent aholisi — zilzilalar haqida
24 mart 2023, 20:30

Toshkent aholisi — zilzilalar haqida

O‘zbekistonda 21 mart kuni 5−6 balli va 23 martga o‘tar kechasi 4−5 balli yer silkinishlari sezildi. Hattoki ko‘p qavatli uylar aholisi aftershokdan havotirlanib, bir necha soat ko‘chada qolishdi. «Gazeta.uz» zilzila vaqtida poytaxt aholisi nimalarni his qilgani va qanday yo‘l tutgani bilan qiziqdi (video).

Tojikistondagi zilzilalar oqibatida epitsentrdagi qishloqlarning 3 nafar aholisi jarohatlandi
24 mart 2023, 14:10

Tojikistondagi zilzilalar oqibatida epitsentrdagi qishloqlarning 3 nafar aholisi jarohatlandi

Tojikistonda 23 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzilalarda 3 kishi yengil jarohat oldi. Yerosti silkinishlari sababli kamida 60 bosh chorva nobud bo‘ldi.

Tojikistondagi zilziladan xo‘jalik inshootlari zarar ko‘rdi — hukumat
23 mart 2023, 20:06

Tojikistondagi zilziladan xo‘jalik inshootlari zarar ko‘rdi — hukumat

Tojikistonda tunda sodir bo‘lgan zilzila epitsentriga yaqin joylashgan bir qancha qishloqlarda mahalliy aholining uylari va avtoyo‘llar qisman zarar ko‘rdi. Biroq asosan poydevorsiz xo‘jalik inshootlari shikastlangan. Insonlar o‘rtasida qurbonlar qayd etilmagan.

O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV
23 mart 2023, 17:15

O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning yoriqlari zilzila bilan bog‘liqligi rad etildi
23 mart 2023, 16:52

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning yoriqlari zilzila bilan bog‘liqligi rad etildi

Qurilish vazirligi va First Developing Group kompaniyasi Toshkentdagi Parkent Plaza turar joy majmuasi fasadining yorilishiga zilzila sabab bo‘lganini rad etdi. Yoriqlar 2020−2021 yillarda yomg‘ir va sifatsiz g‘isht mahsulotlari tufayli yuzaga kelgani va kompaniya yetkazib beruvchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
23 mart 2023, 09:15

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Kuchsiz zilzila (2−3 balli) Toshkent va O‘zbekistonning yana 4 ta hududida sezildi. Tojikistondagi tungi zilziladan keyin yana beshta aftershok qayd etildi.

O‘zbekistonda yana yer qimirlashi sezildi
23 mart 2023, 01:32

O‘zbekistonda yana yer qimirlashi sezildi

Payshanba kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 11 ta hududida sezilib, 4−5 ballni tashkil etdi. Oradan yarim soat o‘tib, aftershok qayd etildi, ammo ikkinchi to‘lqin O‘zbekiston bo‘ylab sezilmadi.

O‘zbekistondagi Android-qurilmalar egalariga birinchi marta zilzila haqida ogohlantirish keldi
22 mart 2023, 10:00

O‘zbekistondagi Android-qurilmalar egalariga birinchi marta zilzila haqida ogohlantirish keldi

Seshanba kuni sezilgan zilzilaga qadar O‘zbekistondagi Android-qurilmalarning ko‘plab egalariga yerosti silkinishlari ehtimoli borligi haqida ogohlantirish keldi. Google ushbu tizimni 2020 yil yozida ishga tushirgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib O‘zbekiston uchun ham ishlay boshlagan. U qanday ishlaydi?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting