Poytaxtda “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Hodisa 31 iyul kuni soat 16:20 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqumiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi X.T. (1981 y.t.) “Vaz-2114” rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan. Ag‘darilish oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.