5 avgust kuni, ertalab soat 09:00 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahri 5/1 dahasida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan (video). Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni o‘chirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari ham amalga oshirilgan.
Foto: FVV axborot xizmati
Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in soat 09:38 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida jabrlanish va xalok bo‘lish holatlari bo‘lmadi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi aniqlanmoqda.