Bugun, 23 iyul kuni soat 09:29 da Yunusobod tumani TXAY ko‘chasi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama qurilmasida yong‘in yuzaga kelganligi haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVB axborot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, yong‘in qutqaruv texnikalari soat 09:33 da voqea joyiga yetib borib, 09:38 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

“Yong‘inning dastlabki sabablari aniqlanmoqda, ammo mutaxassislar aytganidek, bu qisqa tutashuv sodir bo‘lishi oqibatida yuzaga kelgani ehtimoli katta”, — deya ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Gazeta.uz"ga.