1 avgust kuni soat 10:40 larda Jizzax viloyati FVBga Zomin tumani “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.

Shuningdek, yong‘in hududining kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish uchun FVVdan yana qo‘shimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkibi, Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etildi.

“Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.