Bugun, 1 iyul kuni taxminan soat 12:50 da Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Sho‘rtan bosh inshootidagi Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish 2-sonli qurilmasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati.

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishda 10 ta yong‘in qutqaruv ekipaji ishtirok etdi. Yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Ammo ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, sexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami ko‘rsatilgan hamda uyiga javob berildi.

Hozirgi vaqtda yong‘inni bartaraf etish maqsadida tezkorlik bilan «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi boshchiligida «Ishchi guruh» tashkil etildi va voqea joyida bo‘lib, avariyaviy holatni bartaraf etish ishlari olib borildi.