26 iyul kuni soat 9:10 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida “Gazel” avtomobili yonib ketdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, haydovchi, M.R. (1993 y.t.) 8 nafar yo‘lovchi bilan “Gazel” rusumli avtomobilni boshqarayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan to‘xtagan.

Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.