28 oktabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:03 da qurshab olingan va soat 14:09 da batamom o‘chirilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.