Bugun, 11 oktabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:53 da yetib borib, yong‘in soat 10:03 da qurshab olingan va soat 10:25 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib, hayoti saqlab qolingan. 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan halok bo‘lgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.