26 iyul kuni soat 14:58 da Samarqand shahar Shohizinda ko‘chasidagi 242-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar berilgan, deya xabar bermoqda viloyat FVB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, olingan xabarga asosan yong‘in joyiga 5 ta YOQElari jalb etilgan.

Yong‘in joyiga birinchi YOQE soat 15:04 yetib borganda, 5 ta xonadonning taxminan 200 m/kv maydonda shift va tom qismi xamda uy jixozlari yonayotgan bo‘lgan. Yong‘in kuchli shamol natijasida tezda katta maydonga tarqalgan. Harakatlar natijasida yong‘in soat 15:39 da o‘rab olinib, soat 17:00 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q.