Namangan viloyati «Qamchiq» dovoni yo‘lida yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXX.

18 noyabr kuni soat 03:00 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 233-kilometrida haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan X.Ya. boshqaruvidagi Volvo rusumli yuk avtomobilida qisqa tutashuv va uning natijasida yong‘in yuzaga keldi.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Holat yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.