22 dekabr kuni soat 19:15 larda Andijon shahar «Dalvarzin» MFY, S.Abdulla 5-tor ko‘chasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan A.B. ning 70 kvadrat metr maydonda uyining shift, tom qismi va uy jixozlari yondi, deya xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining farzandlari — 2007 yilda tug‘ilgan Sh. R., 2009 yilda tug‘ilgan Sh. R. va 2017 yilda tug‘ilgan Sh. M.ning 100 foiz kuygan xolda jasadi topildi.

«Yong‘inga 19:19 da yetib borilib, 19:22 da o‘rab olindi, 19:32 da o‘chirildi, 4 ta YOQElar jalb etildi. Yong‘indan uyning 180 kvadrat metr maydoni saqlab qolindi. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.