20 oktabr kuni soat 09:42 da Yunusobod tumani, A.Temur shox ko‘chasida joylashgan do‘konlardan birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:50 da qurshab olinib, 09:52 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.