Toshkentning Yangihayot tumanida yong‘in sabab bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda shahar FVB.

Xabar berilishicha, 13 sentabr soat 06:10 larda Yangihayot tumani Chorbog‘ MFYda joylashgan ko‘p qavatli honadonlarninig birida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga soat 06:14 da yetib borgan va soat 06:27 da yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Hodisa oqibatida uy jihozlari va uyning ichki qismi 30 kv/m maydonda yonib zararlangan hamda bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati oqibatida halok bo‘ldi.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVB xabarida.