9 sentabr kuni soat 13:48 da Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on MFY, Zavur bo‘yi ko‘chasida joylashgan somon bozorida to‘xtab turgan «Moskovich» va unga ulangan pritsep 300 dona press somoni bilan yonib ketdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB xabar qildi.

Xabarga asosan, yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 14:00 da yetib borib, 14:02 da o‘rab olinib, 14:10 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashina egasi Buvayda tumani Jaler qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.A. ikki qo‘l, kaftlari hamda yuz qismida turli xildagi kuyish jarohati oldi. Hozirda bemorining holati yaxshi, Buvayda tumani birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida tibbiyot xodimlari nazoratida.

Tegishli tashkilotlar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.