Toshkent shahar Olmazor tumanida Matiz avtomobili yonib ketdi, deya xabar qilmoqda YHXX.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 14 dekabr kuni soat 11:20 larda Toshkent shahar Olmazor tumani KXAY va Talabalar ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.F. Matiz avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda, transport vositasida qisqa tutashuv va uning natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

yong‘in, матиз, тошкент

Foto: YHXX

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.