23 noyabr kuni soat 11:12 da Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida penoplast qoldiqlari yonib ketdi. FVV bu haqda shahar FVBga xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da «Olimlar» MFY Shahriobod ko‘chasidagi yong‘in bo‘layotgan joyga yetib bordi va olovni 10 daqiqada o‘chirdi.

Yong‘in natijasida 24 qavatli qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida taxminan 5 kv.m maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida qo‘shni binolarga zarar yetmagan. Hodisa sabab tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.