Toshkent viloyati Zangiota tumanida «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi, deya xabar qilmoqda YHXX matburt xizmati.

16 noyabr kuni soat 09:15 larda Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 818-kilometrida, 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.G‘. boshqaruvidvgi Nexia-2 oldinda qayrilib olayotgan haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi «KamAZ» yuk avtomobilining shina qismi bilan to‘qnashgan. Zarb oqibatida Nexia-2 avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.


Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.