Namangan shahrida aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

11 dekabr kuni soat 01:10 larda Namangan FVBga «Diyor» MFYdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Bo‘limning 1,3-sonli yong‘in qutqaruv qismining ekipajlari manzilga soat 01:18 da yetib borgan. Yong‘in soat 01:45da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 70 kvadrat metr joyi hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib, zararlangan.

Xonadon egasi — 1952 yilda tug‘ilgan fuqaro 65 foiz kuyish jarohatini oldi. Uy egasining 1980 yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi bo‘lgan o‘g‘li esa 95 foiz kuyish shoki o‘ta og‘ir darajasini olgan.

Yong‘inga gaz va havo aralashmasi natijasida kelib chiqqan chaqnash sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Xonadon egasi bilan suhbatlashilganda, xonani isitish maqsadida qo‘lbola tunika pechiga gaz surg‘ich o‘rnatilganini aytgan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.