14 cyentyabr kuni ertalab soat 09:02 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida Mercedes Benz avtobusi yonib ketdi.

Bu haqda shahar FVBga xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yong‘inni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:05 da yetib borgan va 3 daqiqada olovni bartaraf etgan. Aniqlanishicha, avtobusning mator qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Toshshahartransxizmat matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yhnalish raqami 88 bo‘lgan avtobusning tormoz tizimida nosozlik (samotormojeniye) kelib chiqqanligi sababli o‘ng taraf orqa ichki g‘ildirakda yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida avtobus kuzovining orqa g‘ildirak qismiga va salondagi 2 ta o‘rindiqning yon qismiga zarar yetkazilgan. Hozirda, «Toshshahartransxizmat» AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari xizmat tekshiruvi o‘tkazyapti.