Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida bir nechta moshinalar yonib ketganligi aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 27 noyabr kuni soat 06:00 larda Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan avtoturargohda Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro E.S.ga tegishli Malibu avtomashinasining motor qismi, ikki old shinasi, qisman salon qismi yongan. Shuningdek, uning turmush o‘rtogi M.J.ga tegishli Hongqi T55 avtomashinasi butkul yongan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 06:04 da yetib borgan hamda 06:08 da o‘chirilgan.

«Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.