Samarqand viloyati, Jomboy tumanida yuk avtomobilining mashinaga urilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Toshkent — Samarqand» avtomobil yo‘lining 1071-kilometrida soat 15:30 larda DAF yuk avtomobilining old chap tomon shinasi havo qo‘yib yuborishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotdi. Shundan so‘ng, ortga qayrilib olish manyovrini bajarayotgan Lada Largus avtomobili bilan to‘qnashdi.

To‘qnashuv yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida Lada avtomobilining haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.