Andijon tumanida yashash xonadonlarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

12 dekabr kuni soat 13:40 larda tumanning «Sanoat» MFY Sanoatchi ko‘chasi 34-uyda yong‘in boshlangan. 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:43 da voqea joyiga yetib kelgan va yong‘in soat 13:46 da qurshab olinib, 14:04 da o‘chirilgan.

Kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra tumani hokimi Baxtiyor Mamatkarimov voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in oqibatida xonadonda yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan M.A. olgan tan jarohati natijasida voqea joyda vafot etgan.

Uning farzandi 1991 yilda tug‘ilgan Z.A. 85 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonagaga yotqizilgan. Uylarining 40 metr kvadrat qismi yonib zararlangan, 200 metr kvadrat qismi saqlab qolingan.

Aniqlanishicha, yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan.

yong‘in

yong‘in

yong‘in