5 dekabr soat 20:00 larda Yangihayot tumani Yo‘ldosh-6 dahasi 25-uyda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Yo‘ldosh-6 dahasidagi 25-uy 2-qavatdan 2 ta yo‘lak va 12 ta xonadondan iborat bo‘lib, uyning umumiy maydoni 300 metr kubni tashkil etadi, yong‘in oqibatida uning 80 metr kub maydoniga shikast yetdi.

Hodisa sodir sodir bo‘lgan joyga FVV Yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelib yong‘inni o‘chirdi. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ushbu uyda istiqomat qiluvchi 9 nafar fuqaro o‘z vaqtida evakuatsiya qilindi. Biroq uyning 11-xonadonida istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaroning hayotdan ko‘z yumgani aniqlandi.

Yong‘in oqibatida shikast yetkazilgan xonadon egalari vaqtinchalik Toshkent indeks savdo majmuasidagi yotoqxonaga joylashtirildi.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishi va shu bilan bog‘liq boshqa holatlarni o‘rganish borasida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.