12 dekabr kuni poytaxtdagi «Ilhom» teatrida ro‘y bergan yong‘inga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘in xavfsizligi organlari dastlabki ekspertiza natijalariga ko‘ra shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi teatr.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha dalolatnoma yangi yildan keyin taqdim etiladi, teatr ma’muriyati hujjatni e’lon qilinishini bildirdi.

Hozirda «Ilhom» zarar ko‘rgan ko‘rgazma zalini tartibga keltirmoqda, deyiladi xabarda.

«Yaqin kunlarda tiklash-ta’mirlash ishlarini boshlashni rejalashtirganmiz. Biz yetgan zararning qiymatini hisoblaymiz», — deya ta’kidladi teatr.

Eslatib o‘tamiz, yong‘in oqibatida teatrning ko‘rgazma zali joylashgan xollining 80 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan edi. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida binoning 600 kvadrat metr maydon saqlab qolindi.