«ukraina» tegli maqolalar


Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish boshlandi (video)
26 fevral 2022, 23:02

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish boshlandi (video)

Ukrainada 90 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Polsha chegarasiga qarab yo‘lga chiqdi.

Ukrainaning markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarni Lvovga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayapti — TIV
26 fevral 2022, 16:44

Ukrainaning markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarni Lvovga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayapti — TIV

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Ukrainaning sharqiy va markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklar Polsha bilan chegaradosh Lvov shahriga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayotganini ma’lum qildi. Bunga shaharlar o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l aloqalari to‘xtatilgani sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, talabalar masalalari elchixona va Ukrainadagi diaspora vakillari hamkorligida hal etilmoqda.

«O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada» — Sherzod Asadov Ukrainadagi holat haqida
26 fevral 2022, 15:44

«O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada» — Sherzod Asadov Ukrainadagi holat haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Rossiyaning Ukrainada amalga oshirayotgan harbiy harakatlari bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasi qanday ekanligiga oydinlik kiritdi. «O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», — deya ta’kidladi u.

Jahon yangiliklari dayjesti
25 fevral 2022, 22:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Putinning Ukraina harbiylariga hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishni taklif qilgani, Rossiyaning Yevropa Kengashidagi a’zoligi to‘xtatilgani, Burkina-Fasoda oltin konidagi portlash oqibatida 60 kishining vafot etgani, Tayvan o‘z hududidagi havo hujumidan mudofaa zonasida Xitoy samolyotlari kirganini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Zelenskiy Putinga muzokara o‘tkazishni taklif etdi
25 fevral 2022, 16:41

Zelenskiy Putinga muzokara o‘tkazishni taklif etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy RF prezidenti Vladimir Putinga muzokaralar stoli atrofida uchrashishni taklif etdi. Ukraina rahbari «odamlarning halok bo‘lishini to‘xtatish uchun muzokaralar stoliga o‘tirish kerakligini» ta’kidlagan. Putin muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi
25 fevral 2022, 15:09

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilishini xabar qildi. Lvovga kelgan o‘zbekistonliklardan diaspora vakili Maruf Saliyevga murojaat qilish so‘ralgan. Evakuatsiya vaqtida qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar ustunlikka ega bo‘ladi.

Ukraina Rossiya bilan neytrallik maqomi haqida muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi
25 fevral 2022, 13:05

Ukraina Rossiya bilan neytrallik maqomi haqida muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Vladimir Zelenskiyning ofisi Ukraina Rossiya bilan neytrallik maqomi haqida muzokaralarga tayyorligini e’lon qildi. Ukraina mamlakat xavfsizligi bo‘yicha kafolatlar berilishi kerakligini ham ta’kidlagan.

Rossiya milliarderlari Ukrainadagi voqealar fonida $39 mlrd yo‘qotdi
25 fevral 2022, 12:20

Rossiya milliarderlari Ukrainadagi voqealar fonida $39 mlrd yo‘qotdi

Bloomberg nashri Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida rossiyalik milliarderlar 39 mlrd yo‘qotganligini ma’lum qildi. «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov 6,2 mlrd dollar yo‘qotgan bo‘lsa, Alisher Usmonovning boyliklari 1,2 mlrd dollarga kamaygan.

Zelenskiy 137 nafar harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi
25 fevral 2022, 10:05

Zelenskiy 137 nafar harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari natijasida 137 nafar harbiy halok bo‘lgani, 316 nafari jarohatlanganini ta’kidladi. U Kiyevda «xalqi bilan yakka o‘zi qolganini» ma’lum qilgan. «Biz vatanimiz himoyasi masalasida yolg‘iz qoldik, hech kim biz bilan birgalikda jang qilishni xohlamayapti», degan davlat rahbari.

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda o‘tkazmaslikka qaror qildi
24 fevral 2022, 18:40

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda o‘tkazmaslikka qaror qildi

UEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli Chempionlar ligasi finalini Rossiyada o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu 25 fevral kuni o‘tadigan UEFA Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlanadi.

Rossiyaning Ukrainaga qo‘shni viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarning xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘q — TIV
24 fevral 2022, 17:37

Rossiyaning Ukrainaga qo‘shni viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarning xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘q — TIV

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan OTMlar talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qildi. TIV agar fuqarolarga tahdid bo‘lsa, o‘z vaqtida choralar ko‘rilishi va ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rostov-Dondagi bosh konsulxonasiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini bildirdi.

Peskov Putin qanday shartlar asosida Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi
24 fevral 2022, 17:36

Peskov Putin qanday shartlar asosida Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF prezidenti Ukraina rahbari bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmayapti. Peskovga ko‘ra, Ukraina Rossiya tomonidan qo‘yilgan muhim masalalar, ya’ni, o‘zining neytrallik maqomi, qurollarni o‘z hududida joylashtirmaslik singari mavzularda gaplashishga tayyor bo‘lsa, u holda prezidentlar uchrashishi mumkin.

Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish tavsiya etildi
24 fevral 2022, 16:43

Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish tavsiya etildi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga murojaat qilib, o‘qishni O‘zbekistonda turib masofaviy shaklda davom ettirishni tavsiya qildi.

Ukraina atrofidagi voqealar fonida xorijiy davlatlar rahbarlari munosabati
24 fevral 2022, 16:24

Ukraina atrofidagi voqealar fonida xorijiy davlatlar rahbarlari munosabati

Turli davlatlar rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin vaziyatga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Davlat rahbarlarining aksariyati o‘z chiqishlarida RFning harakatlarini qoralab, Ukrainaga yordam berish zarurligini ta’kidlashgan.

Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
24 fevral 2022, 14:47

Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi murojaatida Rossiya bilan diplomatik aloqalar uzilganini e’lon qildi. U shuningdek, rossiyaliklarni Ukraina bilan urushga qarshi mitinglarga chiqishga chorladi.

Ukrainada hujumlar natijasida qurbonlar borligi ma’lum qilindi (yangilandi)
24 fevral 2022, 13:31

Ukrainada hujumlar natijasida qurbonlar borligi ma’lum qilindi (yangilandi)

Ukrainada hujumlar natijasida kamida 40 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani, 10 dan ziyod kishining jarohatlangani ma’lum qilindi. Jumladan, Kiyev viloyatining Brovari shahridagi harbiy shaharchaga uyushtirilgan aviahujum natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi, Sumi viloyatida esa avtomobil o‘qqa tutilishi natijasida bolali ayol jarohatlandi.

BMT shoshilinch yig‘ilishida Rossiyaning Ukrainaga bosqini dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralandi
24 fevral 2022, 12:59

BMT shoshilinch yig‘ilishida Rossiyaning Ukrainaga bosqini dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralandi

BMT Ukrainadagi vaziyat fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlarning doimiy vakillari tomonidan «Rossiya tomonidan bo‘layotgan tajovuz to‘xtatilishi kerak» degan bayonotlar yangradi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa o‘z chiqishida G‘arb mamlakatlari tomonidan Rossiya agressiya haqida bildirilgan fikrlarni rad etdi. Nebenzyaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya agressiyasi Ukraina xalqiga emas, Kiyevda hukumatni qo‘lga olgan xuntaga qarshi qaratilgan.

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi tuzilmoqda
24 fevral 2022, 12:39

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi tuzilmoqda

Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatini tuzib chiqmoqda.

Ukraina havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari to‘liq bostirildi — RF Mudofaa vazirligi
24 fevral 2022, 11:36

Ukraina havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari to‘liq bostirildi — RF Mudofaa vazirligi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari aviabazalari harbiy infratuzilmalari to‘liq ishdan chiqarilganini, Ukraina chegara qo‘shinlari hech qanday qarshilik ko‘rsatmayotganligi haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari genshtabi esa «agressorning beshta samolyoti va vertolyoti» urib tushirilganligini ma’lum qilmoqda.

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi
24 fevral 2022, 11:31

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga ovoz berdi. Ayni paytda Kiyev va boshqa shaharlarda bombapanohlar ochilgan. Ukrainadagi vaziyat.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting