Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RFning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi vaqt jihatdan qanchaga cho‘zilishi natijadorlik va maqsadga muvofiqlik bilan aniqlanishini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ukrainaning demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasi RF harbiy operatsiyasi maqsadi hisoblanadi, operatsiya vaqtini mamlakat oliy bosh qo‘mondoni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin belgilaydi, deb aytgan Dmitriy Peskov.

«Vaqti natijadorlik va maqsadga muvofiqlik bilan aniqlanadi, va albatta, oliy bosh qo‘mondon bilan belgilanadi», — deb qo‘shimcha qildi u.

Peskovning ta’kidlashicha, bu operatsiyaning o‘z maqsadi bor va ularga yetish belgilangan. «Prezident barcha qarorlar qabul qilib bo‘lingan, maqsadlarga esa erishilishini aytgan», degan Peskov RF harbiy operatsiyani to‘xtatishga tayyormi, u qanday shartlarda bunga rozi bo‘ladi, degan savolga javob berar ekan.

Vladimir Putin Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, muzokara o‘tkazishi ehtimollari haqida to‘xtalar ekan, Peskov, Rossiya hukumati Ukraina rahbariyati bilan agar ular Rossiya tomonidan qo‘yilgan masalalar, jumladan, uning neytrallik maqomi, qurollarni o‘z hududida joylashtirmaslik haqidagi masalalarni muhokama qilishga tayyor bo‘lsagina, uchrashuv bo‘lishini aytgan.

«Bu yerda masala, Ukraina rahbariyatining bunga qanchalik tayyor ekanligida», — deya ta’kidlagan Rossiya prezidenti matbuot kotibi.