O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. Polshaning tegishli idoralari O‘zbekiston fuqarolariga Polsha davlat chegarasini vizasiz kesib o‘tishlariga rozilik berdi.

Lvovga kelgan o‘zbekistonlik fuqarolardan diaspora vakili — Maruf Saliyevga (+380 96 102 10 95) murojaat qilishi va o‘zining hujjatlarini taqdim etishi so‘ralgan.

Chegaradan o‘tish faqat o‘rnatilgan tartibda avtobus orqali va Ukrainadagi hamda Polshadagi elchixona vakillari hamroxligida amalga oshiriladi. «Individual tarzda va qolgan hollarda muammolarga duch kelishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, birinchi o‘rinda evakuatsiya rejalashtirilgan fuqarolarning ustuvorligi quyidagi odamlar toifasini o‘z ichiga oladi — qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar.

O‘zbekiston elchixonasi havfsiz evakuatsiyani ta’minlash uchun imkon qadar harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Lvov Ukrainaning g‘arbidagi shahar bo‘lib, Poytaxt Kiyevdan esa 500 kmdan ko‘proq masofada joylashgan. Lvov Polsha chegarasidan taxminan 70 km masofa uzoqlikdagi shahar hisoblanadi.