2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.
Endi ID-kartani ichki ishlar bo‘limlaridan tashqari Toshkent shahrining tumanlari hamda Nurafshon shahridagi davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksionda sotish yo‘li bilan 400 mlrd so‘mlik tushumni ta’minlash rejasi mutlaqo qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Prezident Toshkent viloyatida 14 gektar yer 3,5 mln dollarga sotilganini ma’lum qildi. «Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?» — dedi u.
Toshkent viloyatida Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan 240 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi.
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahrida faollar bilan uchrashuvda Toshkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi. «Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman», — dedi u. Toshkent viloyatida so‘nggi 6 yilda yettinchi hokim lavozimga tayinlandi.
Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar yer maydonini 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Noqonuniy ravishda yer sotishga urinishlar Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.
Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
«Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz nomiga «Yangi Qo‘yliq dehqon bozori» so‘zlari qo‘shildi.
Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyatidagi korxonaning xodimlari savdodan tushgan 489,7 mln so‘mni o‘zlashtirganligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati hokimligining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari ish vaqtidan so‘ng ushlab o‘tirilgani, dam olish kuni ham ishga chiqishga majbur qilinayotgani aytilmoqda. Bundan tashqari, 18:00 dan keyin tayinli ish bo‘lmasada, rahbariyat sababsiz xodimlarni ushlab o‘tirgani ma’lum qilingan. Viloyat hokimligi esa ishdan tashqari ishlarga jalb qilish uchun «xodimlarning roziligi» olinganini aytmoqda.
Oqqo‘rg‘on tumanida 26 yoshli fuqaro va uning 24 yoshli turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘limiga zaharlanish, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pkalar shishi sabab bo‘lgan. Vaziyat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Toshkent viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlandi. Ularning o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekiladi.
Chirchiqdagi SHIRINA PETROL va Toshkent tumanidagi CLEAN GAS SERVICE MCHJlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 1,635 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Ushbu miqdordagi gaz 100 mingta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng ekani aytildi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.
Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.
Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontahur tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti uzilishlar kuzatilmoqda. Bunga Zangiota tumanidagi “Xaskovo” podstansiyasida qisqa tutashuv natijasida o‘chish sabab bo‘lgan.
Nurafshonda Zulfiya Zokirova yodgorlik majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish, shuningdek, kutubxona qurish uchun 34,4 mlrd so‘m (3,2 mln dollardan ortiq) mablag‘ yo‘naltirildi. Loyiha Qarshidagi «Qashqadaryo Maks Servis Qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hokimlik xarajatlar yuzasidan izoh berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting