«toshkent viloyati» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi
5 iyun 2023, 11:29

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi

Yangiyo‘l shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi Jo‘n kanaliga cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan bir kun o‘tib topildi.

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi
31 may 2023, 21:24

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi

Yangi Toshkentni qurish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tmoqda. Shundan 12,9 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi.

Toshkent viloyatida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, videoga olgan ota ushlandi
13 may 2023, 23:37

Toshkent viloyatida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, videoga olgan ota ushlandi

Tarmoqlarda erkak o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, yangiyo‘llik 30 yashar erkak oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, jarayonni videoga olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi
10 may 2023, 10:32

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi

Xalqaro velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish to‘xtatildi. Ro‘yxat.

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
8 may 2023, 09:19

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Dushanba tongida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi.

Toshkent viloyatida ikki fuqaro kvadrotsiklda jarlikka quladi
26 aprel 2023, 09:27

Toshkent viloyatida ikki fuqaro kvadrotsiklda jarlikka quladi

Bo‘stonliq tumanida ikki fuqaro kvadrotsiklda jarlikka tushib ketdi. Voqeaga ehtiyotsizlik tufayli boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda ular shifokorlar nazoratida.

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi
7 aprel 2023, 11:30

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p kvartirali uy buzilib, o‘rniga yangisi qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi uylar bitgunga qadar xonadon egalari 11 oy tuman/shahar hokimligi va tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan ijarada yashab turadi.

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 80 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi
4 aprel 2023, 10:02

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 80 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi

Qashqadaryoda 30 tup manzarali daraxt, Toshkent viloyatida esa 48 tup pista daraxti o‘tin qilish uchun kesib tashlangani aniqlandi. Xususan, Qarshi shahrida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetgan.

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi
25 mart 2023, 12:38

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi

Yangiyo‘l tumanida erkak ijaraga berilgan yer maydonlari uchun haq talab qilgan ikki nafar firma xodimini pichoqlab o‘ldirib, yoqib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Toshkent viloyatida 3 nafar tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berildi
14 mart 2023, 09:37

Toshkent viloyatida 3 nafar tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berildi

O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l, Parkent tumanlari hokimlari dehqon xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha 100 gektardan yer maydoni ajratib bermagani uchun tushuntirish xati yozadi. Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz hokimlari o‘rinbosarlariga esa hayfsan berildi.

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi
24 fevral 2023, 17:31

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi

Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkent viloyatida 3 ayol bola o‘g‘irlayotgani rad etildi
23 fevral 2023, 12:34

Toshkent viloyatida 3 ayol bola o‘g‘irlayotgani rad etildi

Ohangaron shahrida 3 nafar ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani rad etildi. Toshkent viloyati IIBB ayollar dori sotib yurgani va mahalliy aholi ulardan shubha qilganini bildirdi.

Toshkent viloyatida ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
15 fevral 2023, 17:55

Toshkent viloyatida ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

28 dekabr kuni Bo‘stonliqda ayol mahalladoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda. U 2023 yil 10 fevral kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markaziga olib kelingan. Holat yuzasidan 25−27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan 2 ta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida «samosud» qilish bilan shug‘ullangan guruh a’zolari ushlandi
13 fevral 2023, 16:21

Toshkent viloyatida «samosud» qilish bilan shug‘ullangan guruh a’zolari ushlandi

Qibray tumanida 2 kishini guruh bo‘lib kaltaklaganlar ushlandi. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Piskentda ko‘pkari: 100 ming tomoshabin, 5 ta avtomobil, Umraga yo‘llanmalar
6 fevral 2023, 18:55

Piskentda ko‘pkari: 100 ming tomoshabin, 5 ta avtomobil, Umraga yo‘llanmalar

Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan avtodromda 5 fevral kuni Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan chavandozlar ishtirokida yirik ko‘pkari bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar 5 ta avtomobil, Umraga yo‘llanmalar, 40 dan ortiq tuya va toylarni qo‘lga kiritdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam reportaji.

Toshkent viloyatida kran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi
4 fevral 2023, 17:14

Toshkent viloyatida kran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi

Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida avtokran qulab, uning mashinisti shifoxonada vafot etdi. Hodisa bo‘yicha maxsus tekshirish o‘tkazilib, xulosalar huquq-tartibot organlariga taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Toshkent viloyatida aholining mol-qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi
4 fevral 2023, 09:27

Toshkent viloyatida aholining mol-qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi

Yuqori Chirchiq tumanida aholining jami 9 bosh qo‘yi va 2 bosh buzog‘ini o‘g‘irlagan 6 kishi ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida Lacetti muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi
27 yanvar 2023, 09:41

Toshkent viloyatida Lacetti muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi

Chinoz tumanida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi. Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari ularga va avtomashinaga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdi.

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi
24 yanvar 2023, 16:23

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi

Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
17 yanvar 2023, 11:00

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi

Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va undan chiqqan is gazidan zaharlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting