ID-kartani ichki ishlar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari bilan bir qatorda poytaxt va Toshkent viloyatining ayrim hududlaridagi Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali ham qo‘lga kiritish mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiylashtirish bo‘yicha xizmati Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yangihayot, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy, Yashnobod, Shayxontohur, Yunusobod, Olmazor tumanlari DXMlari, qolaversa, Toshkent viloyatining Nurafshon shahar DXM orqali ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar boshida DXMlarda ham xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkinligi ma’lum qilingandi. Yil oxiriga kelib, bunday imkoniyat barcha DXMlarda paydo bo‘lishi aytilgandi.