Toshkent viloyatida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlanib, o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib boriladi. Bu «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimligi binosiga yondosh hududda joylashgan «Amfiteatr» binosini qayta ta’mirlash hamda atrofida ko‘ngilochar maskanlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Mazkur loyihaning ishga tushish vaqti 2022 yilga mo‘ljallangan. Bog‘ va «Amfiteatr» binosi to‘liq foydalanishga topshirilgach 150 ta ish o‘rni yaratiladi, deyiladi xabarda.

Avgust oyida Koson tumani hokimligi panjaralari o‘sha paytdagi Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev (hozirda Toshkent viloyati hokimi) tanqididan so‘ng olib tashlangan edi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qilgan edi.