«toshkent viloyati» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta radar ish boshladi
4 sentabr 2023, 10:02

Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta radar ish boshladi

Toshkent viloyatida 4-sentabrdan boshlab tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta mobil radarlar ish boshladi. Ro‘yxat.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi
30 avgust 2023, 14:27

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi

Zangiota tumanida bir kun avval bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola ko‘ngillilar yordamida qidirib topildi. Kechasi bolaning jasadi uy yaqinidagi quduqdan topilgan. Tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda.

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi
18 avgust 2023, 09:57

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi deyarli barcha rahbarlarni ishdan bo‘shatib, ularning faoliyatini tekshirishga topshiriq berdi. Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga “yangi qon” kerakligini ta’kidladi.

“Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan yerlarni yoqish bo‘yicha „chempion“ bo‘ldi” — Zoyir Mirzayev
18 avgust 2023, 09:19

“Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan yerlarni yoqish bo‘yicha „chempion“ bo‘ldi” — Zoyir Mirzayev

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan 171 gektar yerni yoqib, “chempion” bo‘lganini ta’kidladi. Avvalroq Toshkentda bir necha bor tutun va kuchli kuyindi hidi sezilgandi, biroq rasmiylar havo sifati yomonlashgani bo‘yicha biror izoh bermagan.

Toshkent viloyatida ekoinspektorni kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 avgust 2023, 16:31

Toshkent viloyatida ekoinspektorni kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ohangaron tumanida somondan bo‘shagan yerlar yoqib yuborilganini o‘rganish uchun borgan inspektor kaltaklandi. Xodimga kuch ishlatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Inspektorning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.

Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi
12 avgust 2023, 12:15

Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev esa Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi
8 avgust 2023, 15:50

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vazirining yana bir o‘rinbosari — Erkin Rustamov Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi
3 avgust 2023, 18:32

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota va Bekobod tumanlari hokimlarini o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etdi. Bir kun avval prezident o‘sha hududlarda sanoat ishlab chiqarishi pasayganini tanqid qilgan edi.

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
3 avgust 2023, 17:31

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati prokurori bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlarini lavozimidan ozod qildi
2 avgust 2023, 21:47

Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlarini lavozimidan ozod qildi

Prezident 26 ta soliq inspeksiyasi rahbarlari, ikkita viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatish, shuningdek, Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilish haqida topshiriq berdi. Soliq idoralari qo‘shimcha manba izlash o‘rniga “eski zamon kasaliga berilib ketishdi”, dedi u.

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l hokimlarini ishdan oldi
2 avgust 2023, 20:17

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l hokimlarini ishdan oldi

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.

21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
30 iyul 2023, 09:50

21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

2002-yilda qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, qidiruvga berilgan 48 yoshli erkak Qozog‘istondan, 2015-yilda bosqinchilikda gumonlanib, qidiruvga berilgan shaxs esa Rossiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Toshkent viloyatida OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi
28 iyul 2023, 14:07

Toshkent viloyatida OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi

Yarim yil davomida Toshkent viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.

Olmaliqda bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 iyul 2023, 14:21

Olmaliqda bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat IIBBga ko‘ra, 39 yashar erkak ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turadi. U davolanish uchun yotqizilgan.

Toshkent viloyatida yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakning shaxsi aniqlandi
23 iyul 2023, 14:45

Toshkent viloyatida yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakning shaxsi aniqlandi

Tarmoqlarda erkak kishining yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Olmaliqda sodir bo‘lgani va videodagi shaxsning ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turishini ma’lum qildi. Ayni paytda erkak davolanishga yotqizilgan.

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
6 iyul 2023, 12:26

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.

Toshkent viloyatida yana somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi
5 iyul 2023, 17:25

Toshkent viloyatida yana somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi

Piskent tumanida 9,2 gektar g‘alladan bo‘shagan yerda somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi, tabiatga 17,4 mln so‘m zarar yetgan. Avvalroq Chinoz tumanida ham somonpoya qoldiqlari yoqilgani ortidan daraxtlar shikastlangan, o‘simlik dunyosi va tuproq unumdorligiga zarar yetgandi.

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi
21 iyun 2023, 20:26

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi

Velosipedchi Nikolay Sderjikovni yakshanba kuni ertalab Toshkent-Chorvoq yo‘lida mashina urib yubordi. U darhol o‘rnidan tura olmagani uchun mashinani eslolmagan. Velosipedchi hodisa tasvirlarini yuborgan kishiga 10 mln so‘m mukofot puli kafolatlanganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
11 iyun 2023, 17:29

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Zangiota tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi. Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani aytilgandi, biroq ma’lumot tasdig‘ini topmadi.

Toshkent viloyatida boshi simyog‘och teshigiga kirib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi
10 iyun 2023, 13:15

Toshkent viloyatida boshi simyog‘och teshigiga kirib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Olmaliq shahrida 14 yoshli bola velosipedda ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va boshi yo‘l chetidagi beton elektr tayanchi teshigiga kirib qolgan. FVV qutqaruvchilari unga yordam ko‘rsatdi, ahvoli yaxshi ekani bildirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting