Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bir kun avval bedarak yo‘qolgan bola o‘lik holda topildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Bedarak yo‘qolganlar haqida xabar beruvchi ko‘ngillilardan iborat UzAlert Telegram kanalida ikki yoshli bola yo‘qolgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘lgandi, u 29-avgust kuni uydan chiqib ketib, g‘oyib bo‘lgani xabar qilingan.

“Tergovga qadar tekshiruv chog‘ida yo‘qolgan bola uy yaqinidagi quduqda o‘lik holda topildi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruvni davom ettirmoqda.