9-iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Spark avtomobili haydovchisi harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va shu yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida yo‘nalishdagi 3 ta avtomobil texnik shikastlangan.

1 nafar fuqaro — Spark haydovchisi vafot etgan. 8 nafar kishi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTH videosi tarqalib, unda 8 nafar odam vafot etgani aytilgandi. Ushbu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmagan.