Toshkentlik velosipedchi Nikolay Sderjikovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, 18-iyun kuni ertalab soat 7:15 da “Toshkent-Chorvoq” trassasida uni avtomobil urib yuborgan. Hodisa avtomobil yo‘lining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishmasidan 20 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Haydovchi sportchining holidan xabar olish uchun to‘xtamadi va voqea joyidan qochib ketdi, dedi Nikolay Sderjikov.

“Haydovchi tezlik rejimini buzgan holda, men yo‘l chetida ketayotgan o‘ng tarafdagi transport vositasini aylanib chiqdi, — deb yozadi velosipedchi O‘zbekiston velosport jamiyati kanalida. — U sekinlashmadi, signal ham bermadi, shunchaki uzluksiz chiziqdan chiqib ketib, orqamdan urdi”.

velosipedchi, тошкент вилояти, ҳайдовчи

“Men shunchaki yo‘l chetida ketayotgan edim, birdaniga orqamdan zarba bo‘ldi, — dedi Nikolay Sderjikov “Gazeta.uz”ga. — Boshqa aytadigan gapim yo‘q. Zarbadan o‘ng tomonim bilan beton to‘siqqa borib urildim va asfaltga boshim bilan yiqilib, 20 soniyalar shok holatida yotdim”.

Velosipedchi uni urib ketgan mashinani tanib olishga ulgurmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u turishni boshlaganida, oldiga qora Lacetti haydovchisi to‘xtagan va sog‘lig‘ini so‘rab, so‘ng ketib qolgan.

Sderjikovning o‘zi tez yordam chaqirishga majbur bo‘lgan. Brigada, sportchining so‘zlariga ko‘ra, uni uzoq vaqt topa olmagan va faqat ikki soatdan keyin kasalxonaga olib ketgan.

velosipedchi, тошкент вилояти, ҳайдовчи

Avariya joyi oq-qora mayoq bilan belgilangan.

“Quyoshda o‘tirdim va bir o‘zim kutdim. O‘sha yerdan sportchilar o‘tib ketishdi. Suv berib, yordam berishni taklif qilishdi”, — deydi u.

Tez yordam mashinasi Nikolay Sderjikovni Parkent tumanidagi eng yaqin shifoxonaga olib bordi. MRT va rentgen ichki jarohatlar, sinishlar va miya chayqalishini ko‘rsatmadi. Velosipedchining yumshoq to‘qimalari shikastlangan va uyiga jo‘natilgan.

Nikolay Sderjikov baxtsiz hodisa guvohlaridan +998−90−372−84−51 raqami orqali u bilan bog‘lanishlarini so‘radi. “Men huquqbuzar avtomashinasining rususmi, rangi va raqamini aniqlash imkoniyatini inobatga olgan holda, voqeani videoregistratorga yozib olganlarga 10 mln so‘m miqdorida mukofot berilishini kafolatlayman. Guvohning iltimosiga ko‘ra anonimlik ta’minlanadi”, — dedi velosipedchi.

Velosipedchilar jamoatchiligining ma’lum qilishicha, velosport va triatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ham havaskorlari, ham professional sportchilari uchun mashg‘ulot maydoni bo‘lgan “Toshkent-Chorvoq” yo‘nalishida velosportchilarni mashina urib yuborish holatlari muntazam ravishda uchraydi.

“Gazeta.uz” ushbu muammoni o‘rganmoqda.