O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni Toshkent viloyatida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida viloyatning bir qator mansabdor shaxslarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda davlat rahbari mabtuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimining iqtisodiyot, moliya va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Muzaffar Fayziyevni (2020-yil noyabr oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan), shuningdek, Qibray tumani hokimi Mirag‘zam Mirqosimovni (2018-yil avgust oyidan beri) va Yangiyo‘l tumani hokimi Ulug‘bek Yalgashev (2020-yil fevraldan). Ular bilan birgalikda mazkur tumanlardagi sektor rahbarlari (IIB, soliq xizmati va prokurorlar) o‘z lavozimlarini tark etishmoqda.

Bunga viloyatda mansabdor shaxslarning kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, ishlarni lozim darajada tashkil qilmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga mas’ul o‘rinbosari Najmiddinxo‘ja Sharipov, qurilishga mas’ul o‘rinbosari Shukurulla Mahmudovga hayfsan e’lon qilishga ko‘rsatma berildi.