Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Eshquvvatov Sirojiddin Qorshibayevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda BP matbuot xizmati.

U 2022-yilning sentabrida tayinlangan Shavkatjon Rahimovning o‘rnini egalladi.

Sirojiddin Eshquvvatov 1980-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan. 2011−2014-yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eshquvvatov 2022-yilning dekabrdan tayinlovga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan.