12-avgust kuni Erkin Madorbekovich Muhitdinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasida prezidentning davlat maslahatchisi G‘ofur Mirzayev va viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Erkin Muhitdinov 1976-yil Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000-yilda Bank-moliya akademiyasi, 2007-yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktab (Yaponiya)larini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Yig‘ilishda amaldagi hokim Abdurasul Ne’matovich Abdullayev Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

абдuрасuл абдuллаев, оҳангарон, тошкент viloyati, эркин мuҳитдинов

Abdullayev 1968-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi sanaladi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Erkin Rustamov va Dilshod Sultonov mos ravishda Zangiota tumani va Yangiyo‘l shahriga hokim etib tayinlangandi.