9-iyun kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 14 yoshli bolaning boshi simyog‘ochga kirib qoldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Soat 16:54 da viloyat FVBga 14 yoshli bola To‘maris ko‘chasi bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton elektr tayanchiga urilgani va tayanchdagi teshikka boshi kirib qolgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatilgan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Bolaning ahvoli hozirda yaxshi ekani ma’lum qilindi.