Toshkent viloyatidagi yo‘llarda 4-sentabr kunidan boshlab avtomobillarni harakat tezlikni nazorat qiluvchi mobil radarlar ishga tushirildi. Bu haqda viloyat IIBB xabar qildi.

Radarlar quyidagi hududlarga o‘rnatildi:

  • Yuqori Chirchiq tumani “Toshto‘g‘izoq” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yuqori Chirchiq tumani “Sergeli” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yuqori Chirchiq tumani “Jauvqoshti” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Ohangaron tumani “Qairma” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Ohangaron tumani “Uvak” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Ohangaron tumani “Oybuloq” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yangiyo‘l tumani “M. Ulug‘bek” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yangiyo‘l tumani “Junariq” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Bo‘ka tumani Bo‘ka shahri (60 km/s);
  • Angren shahri (60 km/s).

Avvalroq yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi xususiy kameralar ma’lumotlarida 5 foizdan ortiq xatolikka yo‘l qo‘yilsa, tadbirkorlar ushbu kameralarga egalik huquqidan mahrum etilishi haqida xabar berilgandi.