«tayinlov» tegli maqolalar


O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 15:17

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Baxodir Axmedov va Murodjon Madjidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Firdavs Abduxoliqov vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, Rustambek Kurbanov esa vazirlik huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi bo‘ldi.

Azamat Fazilov prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi
6 yanvar 2023, 21:21

Azamat Fazilov prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi

Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Departamenti boshlig‘i Azamat Fazilov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi ijro apparati bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
4 yanvar 2023, 16:08

Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Shuhrat G‘aniyev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)
30 dekabr 2022, 18:40

O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi
30 dekabr 2022, 13:43

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Baxtiyor Saidov TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ketdi.

Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi
22 dekabr 2022, 15:09

Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Shukurjon Gaipov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga rais bo‘ldi
17 dekabr 2022, 13:02

Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga rais bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2018 yildan buyon Xorazm viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Farxod Ermanov lavozimidan ozod etildi. U Kaxramon Sariyev o‘rniga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.

Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi
16 noyabr 2022, 11:44

Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov Adliya vazirligiga rahbar bo‘ldi. U shu kunlarda prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Ruslanbek Davletovning o‘rnini egalladi.

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
15 noyabr 2022, 12:29

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Toshkent shahar va 4 ta viloyat qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
3 noyabr 2022, 12:56

Toshkent shahar va 4 ta viloyat qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarining qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘z arizasiga asosan ishdan olindi.

Botir Kudratxodjayev harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi
2 noyabr 2022, 11:41

Botir Kudratxodjayev harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi

Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston va Sirdaryodagi tumanlarga yangi prokurorlar tayinlandi
19 oktabr 2022, 15:54

Qoraqalpog‘iston va Sirdaryodagi tumanlarga yangi prokurorlar tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga prokuror tayinlandi.

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
19 oktabr 2022, 12:09

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Asaka bank boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim etib tayinlandi
17 oktabr 2022, 16:46

Vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim etib tayinlandi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov Nurobodga, favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov Paxtaobodga va monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi.

Farg‘ona va Sardoba tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
17 oktabr 2022, 11:16

Farg‘ona va Sardoba tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev Sardoba tumaniga, Hamidullo Inomov esa Farg‘ona tumaniga hokim bo‘ldi. Qolaversa, Qashqadaryo hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Hokimning yana bir o‘rinbosari va Chiroqchi hokimiga esa «hayfsan» berildi.

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
29 sentabr 2022, 18:43

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shavkatjon Raximov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
27 sentabr 2022, 18:02

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi
21 sentabr 2022, 09:50

O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi

Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi.

Shayxontohur tumaniga Botir Zohidov hokim etib tayinlandi
19 sentabr 2022, 14:29

Shayxontohur tumaniga Botir Zohidov hokim etib tayinlandi

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi.

Nozimjon Xolmurodov ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
31 avgust 2022, 20:34

Nozimjon Xolmurodov ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting