Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga Farxod Ermanov nomzodini tasdiqladi.

Shu munosabat bilan, u 2018 yildan buyon avvaliga rahbar vazifasini bajaruvchi, keyinchalik viloyat hokimi sifatiga egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Farxod Ermanov 1958 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida tug‘ilgan.
1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Viloyat hokimi bo‘lgunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, To‘rtko‘l tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi va 8 yil davomida Beruniy tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Kaxraman Sariyev (Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining sobiq raisi) prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.