Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Shukurjon Umarovich 2022 yil 21 dekabrdan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar qildi.

Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gaipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limida muhandis sifatida boshlagan. 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airports AJ respublikaning 11 ta xalqaro aeroporti boshqaruvini amalga oshiruvchi kompaniya hisoblanadi.