Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Bu o‘zgarishga uning boshqa ishga o‘tishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Norov 2022 yil 9 sentabr kuni tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangandi. U 2012 yildan beri tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov o‘rnini egallagan. Komilov esa prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga kirishgandi.

Baxtiyor Saidov prezident farmoniga asosan, 2022 yil 17 noyabr kuni xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi.
бахтиёр саидов, владимир норов, тайинлов, тив, хтв

Baxtiyor Saidov. Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U Xitoydagi elchi sifatida 2017 yil iyundan beri ishlab kelayotgan edi. U 2018 yilning aprel oyidan O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi, 2019 yildan esa — Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimlarida ham faoliyat yuritayotgan edi.