Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bir qancha hudud qurilish bosh boshqarmalariga yangi rahbarar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Unga ko‘ra:

  • Sohibjon Djumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Maxmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Zoxidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Raxmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Said Tuxtayev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi;
  • Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — shahar bosh arxitektori lavozimiga Shovkat Dusmuxamedov nomzodi ma’qullandi;
  • Dilshod Niyazov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

Bundan avval, Botir Kudratxodjayev harbiy prokuror lavozimiga va Ulug‘bek Kurbanov prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakovning o‘rinbosari — prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlani haqida xabar berilgandi.