Raximov Shavkatjon Jo‘rayevich Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Bunga qadar u bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Seshanba kuni uning lavozimdan ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.

Avgust oyida sobiq Toshkent viloyati prokurori Salom Samadov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlaganidan buyon ushbu lavozim bo‘sh turgan edi.