Botir Zohidov Erkinovich Shayxontohur tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.

Botir Zohidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

U tayinlovga qadar Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan avval iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari va Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidqahhor Xolxo‘jayev poytaxtning Chilonzor tumani hokimi bo‘lgandi.