Xalq deputatlari kengashlari tamonidan Nurobod, Paxtaobod va Asaka tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sirojiddin Berdiqulov nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov 1979 yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Latifjonov Azizbek Raximovich Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Foto: O‘zA

Azizbek Latifjonov 1977 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Tayinlovga qadar u favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Asaka tumaniga esa Bekzod Ummatov hokim etib tayinlandi.

Foto: O‘zA

Bekzod Ummatov 1982 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bundan avval suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev Sardoba tumaniga, Hamidullo Inomov esa Farg‘ona tumaniga hokim bo‘lgandi.